Lira dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlanishda davom etmoqda

Turk valyutasining dollarga nisbati rekord darajani yangilab, 1 dollar 27,5 lirani tashkil qildi.
Foiz stavkalarining keskin o‘sishi hali turk valyutasiga bosimni yengillashtirma olmayapti. So‘nggi 12 oy ichida turk lirasiga nisbatan dollar kursi taxminan 48 foizga oshdi.
So‘nggi 4 oy ichida Turkiyaning Markaziy banki tomonidan 4 marta keskin foiz stavkalari oshirilishi valyutadagi bosimni yengillashtira olmayapti.
Turkiya Markaziy banki 2023 yil iyun oyida Prezident Erdog‘an Hafize Erkanni regulyator rahbari etib tayinlaganidan keyin pul-kredit siyosatini kuchaytirish boshlangan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)