Levandovskining "Barselona" bilan kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi

Levandovskining "Barselona" bilan kelajakdagi rejalari ma’lum bo‘ldi

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.

So‘nggi kunlarda matbuotda polyakning 2024 yilda ketishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqaldi - unga asosiy da’vogarlar Saudiya Arabistoni chempionati vakillari hisoblanadi.

Jurnalist Shey Legassining fikricha, bunday mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Levandovski "Barselona"da baxtli, u Ispaniyadagi hayotdan to‘liq mamnun. 35 yoshli futbolchi keyingi mavsumni Kataloniya klubida o‘tkazish niyatida, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ham kelayotgan yozda forvard bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!