Laporta "Barselona" muxlislariga murojaat qildi

Laporta "Barselona" muxlislariga murojaat qildi

Kataloniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta UYEFA Chempionlar ligasi chorak finalida Fransiyaning “PSJ” klubiga qarshi javob o‘yini oldidan jamoa muxlislariga murojaat qildi.

“Biz stadion tribunalarini to‘ldirishimiz va jamoani qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Futbolchilar bunga loyiq. Biz ularga ishonamiz. Biz tarix yaratish yo‘lidamiz. Jamoa juda ijobiy holatda. Lekin biz “Barselona” muxlislari jamoaga yordam berishimiz kerak. Agar hammasi joyida bo‘lsa, biz yarim finalga chiqamiz", - dedi klub rahbari.

Javob o‘yini bugun, 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda "Barselona" 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!