KXDRda Trampni «jasur qarorlar» qabul qilishga chaqirishdi

KXDRda Trampni «jasur qarorlar» qabul qilishga chaqirishdi

AQSh yetakchisi Donald Tramp va davlat kotibi Mayk Pompeo ichki siyosiy kurash sabab Qo‘shma Shtatlar hamda Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlarga zarar yetishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Bu haqda Koreya Mehnat partiyasining rasmiy gazetasi «Nodon Sinmun» nashrida aytiladi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar «boshi berk ko‘cha»ga kirib qoldi, bu AQSh prezidentidan «qat’iy qarorlar»ni talab qiladi.

«Prezident Tramp boshqa hech qaysi prezident qila olmagan narsani amalga oshirdi - KXDR va AQSh o‘rtasidagi fantastik uchrashuvni. Sababi u o‘z irodasi va qat’iyatidan kelib chiqib, ikkilanmasdan va o‘z yordamchilariga quloq tutmasdan harakat qildi», - deyiladi materialda.

Shuningdek ta’kidlanishicha, Trampning raqiblari KXDR yadrosizlanishiga imkoniyat yo‘qligiga ishonchi komil va KXDRni yadro ob’ektlarini maxfiy tarzda qurishda ayblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In sanksiyalar bo‘yicha bayonot bergandi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!