Kutilmagan holat: kecha Janubiy Koreya fuqarosi Shimoliy Koreyaga qochib o‘tdi

Kutilmagan holat: kecha Janubiy Koreya fuqarosi Shimoliy Koreyaga qochib o‘tdi

1 yanvar kuni noma’lum shaxs Janubiy Koreya sharqidagi Gangvon provinsiyasida to‘qnashuvni to‘xtatib, KXDRga qochib ketgan. Bu haqda harbiylarga tayanib Yonhap xabar bermoqda.

Maxsus texnika ushbu shaxs mahalliy vaqt bilan 21:20 da (Toshkent vaqti bilan 17:20) demilitarizasiya qilingan hududda bo‘lganini qayd etgan. Taxminan bir soat o‘tgach, u chegara chizig‘ini kesib o‘tdi. Qochoqni qo‘lga olish uchun Janubiy Koreya askarlari yuborilgan, biroq urinish muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shaxs va uning taqdiri haqida ma’lumotlar hozircha noma’lum. 2 yanvar, yakshanba kuni ertalab Seul Shimoliy Koreyaga g‘arbiy harbiy aloqa liniyasi orqali bildirishnoma yubordi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!