Kursk viloyatidagi jangda Amerika harbiy texnikasidan foydalanilgan. AQSh Kiyevdan tushuntirish talab qildi

Kursk viloyatidagi jangda Amerika harbiy texnikasidan foydalanilgan. AQSh Kiyevdan tushuntirish talab qildi

Rossiyaning Kursk viloyatida favqulodda holat joriy etildi.
Prezident Putin Xavfsizlik kengashi kotibi, mudofaa vaziri, Bosh shtab va FSB rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Kursk viloyatida ikkinchi kundan beri janglar davom etmoqda. «Dushman kuchlarining mintaqaga kirib kelishi oqibatlarini bartaraf etish uchun» mintaqada favqulodda holat joriy etildi.

Bu haqda gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara hududlarida murakkab operativ vaziyat saqlanib qolmoqda.

- Putin uchrashuv o‘tkazdi

Kunning ikkinchi yarmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu, mudofaa vaziri Andrey Belousov, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov va FSB rahbari Aleksandr Bortnikov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Gerasimovning ma’lum qilishicha, «6 avgust kuni ertalab soat 5:30 da Ukraina Qurolli kuchlarining ming kishigacha bo‘lgan bo‘linmalari Kursk viloyatining Sudjanskiy tumani hududining bir qismini egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi».

Bosh shtab boshlig‘i Ukraina qurolli kuchlarining Kursk yo‘nalishi bo‘yicha Rossiyaga chuqur kirib borishi, uning so‘zlariga ko‘ra, «to‘xtatilganini», Rossiya harbiylari va chegara qo‘shinlari esa qo‘shni hududlarda «dushmanni yo‘q qilishda davom etayotganini» aytdi.

Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 315 kishini tashkil etgan, ulardan 100 nafari halok bo‘lgan, 54 ta zirhli texnika, jumladan, yetti tank yo‘q qilingan.

«Operasiya dushmanni yengish va davlat chegarasiga yetib borish bilan yakunlanadi», dedi Valeriy Gerasimov.

Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqida xabarlar yo‘q.

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatini o‘qqa tutishi chog‘ida 31 kishi, jumladan, olti nafar bola yaralangan, deb xabar berdi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kursk viloyatidagi janglar natijasida o‘nlab kishilar jarohatlangan. Aholi hududni tark etmoqda, biroq hukumatning markazlashgan evakuasiya haqidagi bayonotlarini inkor etmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning safarbarligini yana uch oyga «jimgina» uzaytirish maqsadida mamlakat fuqarolarini «Kurskdagi go‘sht maydalagichga» yubordi.

Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ukraina rasmiylari Kursk viloyatidagi janglar haqidagi ma’lumotga izoh bermadi.

Oq uy Kiyevdan Kursk viloyatidagi voqealarga oydinlik kiritishni talab qildi.

7 avgust, chorshanba kuni Oq uy ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Kursk viloyatidagi voqealar yuzasidan Kiyevdan tushuntirish olish niyatida.

Vashington, shuningdek, hozirda Amerika harbiy texnikasi Kursk viloyatiga bostirib kirishda foydalanilgani ma’lum ekanini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Oq uy AQShning Rossiya hududida Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmaganini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!