Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan «Kundalik.com» tizimidan foydalanishning afzalliklari va unga obuna bo‘lish majburiy yoki majburiy emasligi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Kundalik.com — raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, o‘qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o‘quvchilarning davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini yaratadi. Uning yordamida statistik hisobotlar avtomatik tarzda yuritiladi va qo‘lda yozish shart emasligi bois vaqt behuda sarflashning oldi olinadi.
Mazkur tizim O‘zbekistonning ichki internet tarmog‘i — TAS-IX hududida joylashganligi sababli platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalaniladigan internet-trafik sarflanmaydi. Shu bilan birga tizim internet tarmog‘i yetib borgan va yaxshi aloqa sifati ta’minlangan hududlardagi maktablargagina joriy qilingan. Tabiiyki, internet aloqasi mavjud bo‘lmagan (masalan, tog‘li qishloqlar) hududlardagi maktablar an’naviy kundalik daftarlaridan foydalanishi davom etmoqda.
Kundalik.com majburiymi?
Kundalik.com tizimiga obuna bo‘lish ota-onalar uchun ixtiyoriy sanaladi. Foydalanuvchilar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar “O‘zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu esa o‘quv jarayonlariga aloqador barcha ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoyada ekanligini anglatadi.
Mazkur tizimning afzalliklari shundaki, bu orqali, avvalo, o‘qituvchining vaqti tejaladi, ularga elektron jurnaldan foydalanish bepul taqdim etiladi. Misol sifatida aytish lozimki, qator rivojlangan mamlakatlar o‘qituvchilari buning yordamida har chorakda 20 soatdan ortiq ish vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa o‘qituvchi bolalar bilan ijodiy shug‘ullanishga yoki qo‘shimcha o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga sarflashi mumkin.
Tizimga a’zo bo‘lish narxi qancha?
Kundalik.com loyihasi to‘liq investisiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lib, dasturiy mahsulotni yaratish, uni maktablarga joriy etish, saqlash va rivojlantirish uchun byudjet mablag‘lari sarflanmaydi.
Mazkur elektron kundalikning narxi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qog‘oz kundalik narxiga mos tarzda belgilangan hamda yildan yilga arzonlashtirilib borilmoqda. Xususan, 2020 yilda uning yillik obuna narxi (365 kun) 9200 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 8600 so‘mni, 2022 yilda 8000 so‘mni tashkil etmoqda.
Ota-onalar uchun qanday qulayliklari bor?
Ta’kidlash lozimki, Kundalik.com tizimi ota-onalar uchun qator qulayliklarni yaratadi. Jumladan, onlayn tarzda:
• farzandlarining darsga qatnashayotgani;
• darsni qay darajada o‘zlashtirib borayotgani;
• ertangi kungi uy vazifalari xususida tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Kundalik.com tizimi o‘qituvchilar va ota-onalarning o‘zaro mustahkam hamkorligini ta’minlashda ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.
Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Украина ОАВлари маълумотига кўра, Улютин 1991 йилда мамлакат аҳолиси қарийб 48 миллион киши бўлганини, 2022 йилда эса бу кўрсаткич тахминан 41 миллион кишини ташкил этганини айтган.
Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.
АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.
Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.
Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.
Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.