Kuba hukumati AQSh bosimi ostida shu yilning o‘zida qulashi mumkin
Kuba hukumati AQSh bosimi ostida shu yilning o‘zida qulashi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
"Tramp ma’muriyati tomonidan yangi sanksiyalar joriy etilgach, Kuba Meksika va Venesueladan keladigan neft manbalaridan ayrildi, yaqin orada esa turizm va chet eldagi tibbiy missiyalar orqali olinadigan valyutaga kirish imkonidan ham mahrum bo‘lishi mumkin. Vashington aynan shu yo‘nalishda ish olib bormoqda", deya yozmoqda nashr.
The New York Times'ning qayd etishicha yoqilg‘i yetkazib berishning to‘xtatilishi Kubada vaziyatni keskinlashtirgan. Amerikaliklarning Maduroga bosimi va bojlar bilan tahdid qilishi “Ozodlik oroli”ni neft yetkazib beruvchilari — Venesuela va Meksikadan uzib qo‘ygan. Tahlilchilarga ko‘ra, xalqaro yetkazib berishlarsiz mamlakat oxir-oqibat falaj holatga tushadi.
"Kubalik amaldorlar asabiylashmoqda, chunki ular o‘z inqiloblari yakuniga yetayotganini anglay boshlagan", — deya qayd etadi The New York Times.
Nashr uzoq yillar davomida Kubani o‘rganib kelgan tarix professori Ada Ferrerning fikrini ham keltiradi. Uning aytishicha, avval ham rejim "tez orada qulaydi" degan bashoratlar bo‘lgan, biroq har safar ular o‘zini oqlamagan. Ammo bu safar mamlakatni tashqi tomondan qo‘llab-quvvatlaydigan kuch yo‘q.
"Endi Kubaning qulab borayotgan iqtisodiyotini qutqarishga tayyor homiy yo‘q, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin bu ishni Venesuela qilayotgan edi. Ammo Nikolas Maduro AQSh tomonidan qo‘lga olinganidan keyin barchasi o‘zgardi", — deydi ekspert.
