Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Shvesiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning Shvesiyaga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Shvesiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 39 yoshli hujumchisni 21 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Shvesiyaga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmadi.

Lekin Krishtianu 26 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Sloveniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinigacha terma jamoa qarorgohiga borib qo‘shilishi kerak bo‘ladi.

Hozirda Ronaldu kichik ta’tilda va Saudiya Arabistonida oilasi bilan birga vaqt o‘tkazmoqda.

Krish terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida 205 o‘yinda 128 golga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!