Kreml Qirg‘izistondan kelgan xabardan xavotirda

Kreml Qirg‘izistondan kelgan xabardan xavotirda

Kreml Qirg‘izistondan yehtimoliy davlat to‘ntarishi ishtirokchilarining ommaviy hibsga olingani haqidagi bezovta qiluvchi xabarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Albatta, juda xavotirli yangiliklar kelmoqda", dedi u brifingda. - Biz yangiliklarni diqqat bilan kuzatib boramiz. Bizda batafsilroq ma’lumot yo‘q”.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni avvalroq Qirg‘iziston OAVlari Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishi ishtirokchilarini ommaviy hibsga olish ishlarini amalga oshirayotgani haqida xabar bergan edi. Nashr bir necha gumonlanuvchining hibsga olingani aks etgan videoni chop etdi. Ma’lum qilinishicha, bir guruh odamlar hokimiyatni kuch bilan egallab olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Hibsga olinganlarning shaxsi noma’lum. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!