AQShdagi Los-Alamos milliy laboratoriyasi olimlari Dyuk universiteti (AQSh) va Sheffild universiteti (Buyuk Britaniya)dagi hamkasblari bilan birgalikda olib borilgan tadqiqotlar natijasida koronavirusning yuquvchanligi mutasiya yuz bergani uchun oshgan degan xulosaga kelishdi.
Mutaxassislar koronavirus genomi tadrijiyligining bir necha mingtasini o‘rganishdi va jami 14 ta mutasiyasini aniqlashdi. Ularning bittasi tikansimon oqsilga taalluqli. Ya’niki bu koronavirus xo‘jayin-organizm hujayralariga osonroq yopishib olishini anglatadi.
Olimlar keltirgan ma’lumotda koronavirusga chalingan bir nafar bemor o‘rtacha hisoblaganda 2,4 kishiga kasallikni yuqtirishi aytiladi. Solishtirish uchun: oddiy gripp bitta odamdan 1,28 kishiga, «ispanka» 1,8 kishiga yuqadi.
Mutasiyalangan yangi virus Yevropa va Shimoliy Amerikada aprel oyida gegemonga aylandi. Tadqiqotchilarning fikricha, mutasiyaga uchragan koronavirus organizmning immun tizimini tormozlab, antitanalarni oson ishdan chiqaradi.
Koronavirusning mutasiyaga uchrash qobiliyati hozir ishlab chiqilayotgan vaksinalarning samaradorligini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Olimlarning aytishicha, agarda pandemiya yozda chekinmas ekan, vaksinalar foydasiz bo‘lib qoladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.
"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.
"Вечерне Новости" газетаси хабар беришича, Литва ва Латвия Вучичнинг Ғалаба кунини нишонлаш учун Москвага йўл олган самолётига ўз ҳудудлари устидан учиб ўтишни тақиқлади.
Россия президенти Владимир Путин ёз охири - куз бошида Хитойга ташриф буюради. Россия раҳбари Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг юбилейига бағишланган тадбирларда қатнашади.
“Ҳайдовчи ҳаракат қоидаларини бузиб, юқори тезликда ҳаракатланган. Оқибатда ўзидан олдинда бўлган автомашинани қувиб ўтаётганда йўл четига чиқиб кетиб, ағдарилган.