Koronavirusga qarshi birinchi vaksina qachon savdoga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga qarshi birinchi vaksina qachon savdoga chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi partiyasi ikki hafta ichida ishlab chiqariladi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashko.

"Ikki hafta ichida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalarning birinchi to‘plamlari chiqariladi", dedi Murashko. Vaksinaning ishlab chiqarilishi, avvalambor, Rossiya bozoridagi talabni qondirish uchun yo‘naltirilishini qo‘shimcha qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi buni xavfsiz va samarali deb atadi. Ma’lumot uchun, Putinning qizi shu vaksina bilan birinchi bo‘lib emlangan. Murashko, shuningdek, xorijiy davlatlarning, xususan, AQShning tanqidlarini asossiz deb hisobladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga raqobatdan qo‘rqish sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!