Koronavirusga chalingan xalq artisti reanimasiyaga yotqizildi

Koronavirusga chalingan xalq artisti reanimasiyaga yotqizildi

RSFSR xalq artisti va Moskvaning "Dinamo" klubi maslahat kengashi a’zosi Lev Leshchenko jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

"Baza" telegram kanalining xabar berishicha, san’atkor astma xurujiga uchragan, shundan so‘ng shifokorlar uni intensiv terapiyaga o‘tkazishgan va ahvoli barqarorlashgan.

Eslatib o‘tamiz, Leshchenko rafiqasi Irina bilan koronavirus yuqtirganidan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan edi.

Leshchenko mashhur "Dinamo" muxlisi. Artist 2019 yil dekabr oyida klubning maslahat kengashiga a’zo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!