Koronavirus vaksinasi. Tramp nega tipirchilab qoldi?

Koronavirus vaksinasi. Tramp nega tipirchilab qoldi?

Amerikada COVID-19 vaksinasini ishlab chiquvchilar siyosat ularning ishiga aralashishi mumkinligidan qo‘rqmoqdalar, deb yozadi The New York Times gazetasi Oq uy rasmiylari, federal olimlar va mustaqil ekspertlarga tayanib. Dori AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan "doimiy bosim ostida" ishlab chiqilmoqda, deb yozadi gazeta.

Gazetaning yozishicha, Prezident ma’muriyati shu yilning oxirida yoki kelasi yilning boshida millionlab dozali vaksinalarni chiqarishni kutmoqda. Biroq mutaxassislarning fikricha, Tramp vaksinalar haqida ma’lumotlari yetarli emasligiga qaramay, prezidentlik saylovlaridan oldin vaksina chiqarish uchun Oziq-ovqat va dori-darmon ma’muriyatiga bosim o‘tkazishga urinishi mumkin.

Gazeta ta’kidlaganidek, Tramp vaksinani ishlab chiquvchilar katta yutuqlarga erishganligini doimo ta’kidlab keladi, bu esa amerikaliklarning malhamning tezroq chiqarilishiga umid qilishiga sabab bo‘lmoqda. Donald, shuningdek, "vaksinani belgilangan muddatda chiqarishga" va’da qilmoqda.

Iyul oyida AQSh rahbarining qayta saylanishi vaksinalarga bog‘liq ekanligini ta’kidlangan. Bundan tashqari, gazetaning yozishicha, o‘tgan hafta oxirida Tramp Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan gaplashar ekan, vaksinani "juda erta, yil oxiriga qadar, muddatidan oldin" olish mumkinligini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!