Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

A A A
Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Moliya vazirligi 2020 yil I chorak yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida axborot tahliliy sharhni taqdim etdi. Bu haqda "gazeta.uz" xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 2020 yil I chorak yakunlariga ko‘ra Davlat byudjeti daromadlari 28,5 trln so‘mni, xarajatlari esa 27,7 trln so‘mni tashkil etib, davlat byudjeti profisiti 0,8 trln so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotga nisabatan 0,5 foizni tashkil etdi.

Asosiy ko‘rsatkichlar

 

O‘zbekiston Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi daromadlari 28,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 trln so‘mga ko‘proqni tashkil etdi. Byudjet daromadlari tarkibida 2020 yil I choragida soliq tushumlari 23,8 trln so‘mni tashkil etdi. Ular o‘tgan yilning I choragi bilan solishtirganda 5,3 trln so‘mga ko‘paygan. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha mintaqalararo inspeksiya to‘liq faoliyat yurita boshladi va 15,4 trln so‘m yoki soliq organlari tomonidan ma’muriylashtiriladigan barcha daromadlarning 65 foizi yig‘ilishini ta’minlab berdi.

Umuman olganda, koronavirus pandemiyasi 2020 yil I choragida byudjet daromadlarining tushumiga katta ta’sir ko‘rsatgani yo‘q, sababi daromadlar asosan 2019 yilning dekabr — 2020 yilning fevral oylaridagi iqtisodiy faoliyat natijalaridan shakllantirildi, deyiladi Moliya vazirligining sharhida.

Masalan, joriy yilning birinchi choragida 4,8 trln so‘m miqdoridagi bojxona to‘lovlarining tushumi ta’minlandi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida bojxona to‘lovlari tushumi — 3,4 trln so‘m bo‘lgan edi. Bu tushumlar orasida eng katta ulushni quyidagilar tashkil etdi: import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i — 3,8 trln so‘m, aksiz solig‘i — 0,2 trln so‘m, bojxona boji — 0,6 trln so‘m.

Soliqlar kesimida Davlat byudjeti daromadlarining asosiy ulushi quyidagilar hisobidan shakllantirildi: QQS — 7,2 trln so‘m (umumiy tushumlarning 25,4 foizi), foyda solig‘i — 6,3 trln so‘m (22,1 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i — 3,6 trln so‘m (12,5 foiz), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 3,9 trln so‘m (13,6 foiz) va aksiz solig‘i — 3,2 trln so‘m (11,1 foiz).

Soliqlar tushumi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha joriy yil I choragidagi tushumlar (7,2 trln so‘m) o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 0,5 trln so‘mga kamaydi. Tushumlar hajmining kamayishiga soliqning 20 foizdan 15 foizga pasaytirilishi, shuningdek yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinishi bilan 2020 yil 1 yanvardan yangi qoidalarning kuchga kiritilishi omil bo‘ldi.

Shu o‘rinda, soliqning nol stavkasini qo‘llaydigan korxonalarga QQSni qoplash amalga oshirilmoqda. Bunda joriy yilning I choragidagi qoplash summasi 1 trln so‘mdan ko‘pni tashkil etdi.

Shu bilan birga, avtomobil sanoati korxonalariga berilgan imtiyozlarning bekor qilinishi hisobiga joriy yilning I choragida byudjetga qo‘shimcha tushumlar 350 mlrd so‘mni, shu jumladan import chog‘ida — 150 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobot davrida taxminan 6,3 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davridagiga nisbatan 3,9 trln. so‘mga ko‘pdir. Tushumlarning o‘sishi umumiy iqtisodiy o‘sish (chorakdan chorakka) bilan bir vaqtda oltin qazib olish sanoati korxonalarining qariyb 3 trln. so‘mlik foyda solig‘i bo‘yicha tushumlari hisobiga ta’minlandi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan mazkur soliqdan joriy yilning I choragida qariyb 3,6 trln so‘m kelib tushdi, o‘tgan yilning xuddi shu davrida 2,7 trln so‘m bo‘lgan edi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bazaviy stavkasi 12 foiz bo‘lib o‘zgarishsiz qoldi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlari (ilgari qat’iy belgilangan soliq) ularga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklarasiya asosida soliq to‘lashni tanlash huquqini berish bilan 2020 yildan 25 foizga pasaytirildi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar tarkibida ish beruvchilar (soliq agentlari) tomonidan bazaviy stavkada ushlab qolinadigan soliqlar 93 foizni tashkil qiladi. Tushumlarning yalpi hajmida dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlardan undiriladigan soliq ulushi 2 foizni, yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan soliq ulushi 3 foizni tashkil etadi.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Soliq solishning yassi stavkasining joriy etilishi, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizga pasaytirilishi, shuningdek eng kam ish haqining oshirilishi legal sektordagi mehnatga haq to‘lash fondini 37 foizga oshirishga turtki bo‘ldi. Qabul qilingan choralardan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham yutishdi. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun birgina ijtimoiy soliqning 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi ular ixtiyorida 1 trln so‘m atrofida mablag‘ qolishini ta’minladi.

Aksiz solig‘i bo‘yicha yalpi tushumlar joriy yilning I choragida taxminan 3,2 trln so‘mni, shu jumladan yakuniy iste’molchiga realizasiya qilinadigan neft mahsulotlari bo‘yicha — 543,5 mlrd so‘mni, tamaki mahsulotlari bo‘yicha — 395,8 mlrd so‘mni, alkogolli mahsulotlar bo‘yicha — 335,4 mlrd. so‘mni, mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha — 334,9 mlrd so‘mni, polietilen granulalar bo‘yicha — 56,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘i. Er uchastkalari, mol-mulk va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish maqsadida 2020 yildan bozorlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lashga o‘tkazildi.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Joriy yilning I choragida yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha tushumlar 2019 yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 162,1 mlrd so‘mga kamaygan. Bu 2019 yil boshida mol-mulk solig‘i 2018 yil uchun hisob-kitoblarga binoan 5 foiz stavkada tushganligi bilan bog‘liqdir.

Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha tushumlar 2020 yilning I choragida o‘tgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 564,5 mlrd so‘mga oshib, 3,9 trln so‘mni tashkil etdi. O‘sish quyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ldi:

  • qimmatbaho metallar bozorida oltinning narxi joriy yilning I choragida 2019 yilning I choragiga nisbatan 120 foizga o‘sishi;
  • qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalarining 15 foizga indeksasiya qilinishi (xususan, tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan), ohaktosh dolomitlar, marmar ushog‘i, g‘isht-cherepisa xom ashyosi, qurilish qumlari va boshqalar);
  • foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq belgilangan soliq stavkalaridan, lekin qat’iy belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi va to‘lanishi o‘rnatilganligi (xususan, tabiiy bezaktoshdan bloklar, tosh-shag‘al aralashmasi, ohaktosh-chig‘anliqlar va boshqalar). Keyingi ikkita omil bo‘yicha qo‘shimcha tushumlar qariyb 40 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Davlat byudjetining xarajatlari ijrosi

Davlat byudjetining 2020 yil I chorakdagi xarajatlari 27,661 trln so‘mni yoki jami yillik tasdiqlangan xarajatlarning 21,1 foizini tashkil etdi. Shundan, respublika byudjeti xarajatlari 18,153 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, mahalliy byudjetlar orqali 9,508 trln so‘mlik xarajatlar moliyalashtirilgan.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Ijtimoiy sohaga xarajatlar

Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 15,550 trln so‘m yoki umumiy xarajatlarning 56,6 foizi miqdorida mablag‘ sarflandi. Ijtimoiy xarajatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi 18,5 foizni tashkil etdi.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Ijtimoiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etgan ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 7,961 trln so‘m mablag‘ ajratildi. Shundan maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan 1,426 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 450,5 mlrd so‘m yoki qariyb 1,5 baravarga ko‘p), jumladan oziq-ovqat sotib olish xarajatlariga 162,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 53,6 mlrd so‘mga yoki 1,5 baravarga ko‘p) mablag‘lar ajratilgan.

Xususan, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga amalga oshirgan xarajatlarini qisman qoplash uchun 134,5 mlrd so‘mlik subsidiyalar (2019 yil 1 choragida 6,9 mlrd so‘m) ajratilgan.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Ilm-fanni rivojlantirishga hisobot davrida 150,0 mlrd so‘m yoki ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘larning 1 foizi miqdorida mablag‘ ajratildi (2019 yil I choragida — 0,3 foiz).

Sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat byudjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 3,883 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1084,4 mlrd so‘mga (1,4 baravarga) ko‘p mablag‘lar ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ning jami Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 14 foizni (2019 yilda — 11,6 foiz) tashkil etdi. Jumladan, dori-darmonlar xarid qilish xarajatlariga 252,2 mlrd so‘m (2019 yilda — 189,9 mlrd so‘m) ajratilgan.

Bundan tashqari joriy yilning I choragida, sog‘liqni saqlash sohasiga tashkil etilgan «Inqirozga qarshi kurashish» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 343,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli, deyiladi sharhda.

Ushbu mablag‘lar quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirildi:

  • Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga santiriya-epidemiologiya osoyishtalik markazlariga karantinda saqlanayotgan fuqarorlarni saqlash, jamoat joylarini dezinfeksiya qilish va epidemik holati bilan kurashish bo‘yicha boshqa tadbirlarga 82,7 mlrd so‘m;
  • Sanitariya — epidemiologiya osoyishtalik agentligiga shaxsiy himoya, dezinfeksiya, izolyasiya vositalari, test (PSR) diagnostikumlari, tibbiy texnika vositalarini harid qilish uchun 123,5 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanida aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi va Zangiota tumanida maxsus shifoxona qurilishi hamda Toshkent shahrida zamonaviy diagnostika laboratoriyasi kompleksini rekonstruksiya qilish uchun 107,4 mlrd so‘m;
  • O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashiga kam ta’minlangan xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash uchun 30 mlrd so‘m.

Madaniyat va sport sohasiga Davlat byudjetidan 2020 yilning I choragida yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 541 mlrd so‘mni tashkil etib, ushbu xarajatlarning 249,2 mlrd so‘mi madaniyat sohasi291,8 mlrd so‘mi sport sohasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Madaniyat va sport sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,6 foizga o‘sgan. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin: O‘zbekiston prezidentining qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning 2020 yil shtatlar jadvalida 92 ta qo‘shimcha shtat birliklari ajratildi. Bu esa o‘z navbatida, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarajatlarni 18,2 mlrd so‘mga oshirgan.

Shuningdek, milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi doirasida badiiy film, hujjatli film va multiplikasion filmni suratga olish, shuningdek, qisqa metrajli va bolalar yumoristik filmlarini suratga olish xarajatlariga joriy yilning I choragida 19,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,9 mlrd so‘mga ko‘pdir.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining gonorar to‘lovlari, radio aloqa, radio eshittirish va televideniya markazi xizmati (SRRT) hamda boshqa amalga oshirilgan xarajatlar hisobiga o‘tgan yilgi raqamlarga nisbatan xarajatlar 24 mlrd so‘mga oshgan.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan sport maktablari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari ayrim xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan o‘rtacha 1,35 baravarga oshirilgan bo‘lib, natijada sport maktablarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar 2019 yilning I choragiga nisbatan 58,3 mlrd so‘mga oshganligi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam, kompensasiya to‘lovlari va aholi bandlik darajasini oshirishga Davlat byudjetidan xisobot davrida 1,668 trln so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davrida ajratilgan mablag‘ga nisbatan 293,6 mlrd so‘m ko‘proq mablag‘ ajratildi, o‘sish 21,4 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotga amalga oshirilgan xarajatlar joriy yilning I choragida 3,158 trln so‘mni tashkil qilib, ushbu xarajatlar jami Davlat byudjetining I chorak xarajatlarining 11,4 foizini tashkil etdi. Iqtisodiyot xarajatlari asosan quyidagi yo‘nalishlarga amalga oshirildi:

  • suv xo‘jaligi ekspluatasiyasi xarajatlari — 926,6 mlrd so‘m;
  • umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarni rivojlantirish xarajatlariga — 603,2 mlrd so‘m;
  • aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xarajatlari — 438,1 mlrd so‘m;
  • ichimlik suvi va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish xarajatlariga — 180,2 mlrd so‘m;
  • uy-joy kommunal ishlariga — 166,1 mlrd so‘m;
  • sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlariga — 82,1 mlrd so‘m;
  • Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish xarajatlariga — 47,7 mlrd so‘m.

Davlat hokimiyati, boshqaruv, adliya, prokuratura va sud organlari ta’minotiga hisobot davrida 1,781 trln so‘m yoki jami Davlat byudjeti xarajatlarining 6,4 foizi yo‘naltirildi.

Davlat byudjeti ijrosining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosini tahlili ish xaki va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning jami xarajatlarning ulushi o‘tgan yilning 1 choragidagi 35,2 foizdan hisobot davrida 39 foizga etganligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilning I choragi davomida byudjet tashkilotlarining qariyb 10,8 trln so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari hamda 2,3 trln so‘mdan ortiq ish haqiga nisbatan ajratmalari o‘z muddatlarida to‘liq moliyalashtirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, hisobot davrida 1,6 trln so‘mlik kapital qo‘yilmalar va 12,8 trln so‘mlik boshqa xarajatlar moliyalashtirildi.

Joriy yilning I choragida subsidiyalar miqdorining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oshishiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Pensiya jamg‘armasiga 655 mlrd so‘m miqdorida transfert ajratilishi sabab bo‘lgan.

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Koronavirus O‘zbekiston byudjetiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Manba: Moliya vazirligi

Mahalliy byudjetlar ijrosi

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning daromadlar qismi prognozga nisbatan 113,2 foizga bajarildi yoki 6,263 trln so‘mni, xarajatlar qismi esa rejaga nisbatan 89,8 foizga ijro etilib, 9,508 trln so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning I choragi davomida mahalliy byudjetlarda quyidagilar hisobidan 1 781,3 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha xarajat manbalari hosil bo‘lgan:

  • 2020 yil 1 yanvar holatiga shakillangan erkin qoldiq mablag‘lari 1 755,3 mlrd so‘m; — davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan tushumlar (musodara) 11,8 mlrd so‘m;
  • davlat mulkini xususiylashtirish hisobidan tegishli byudjetga tushgan pul mablag‘lari miqdori 7,4 mlrd so‘m;
  • er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari 6,8 mlrd so‘mni tashkil etib, mazkur daromadlar mahalliy hokimiyat organlarining mustaqil tassarruf etadigan qo‘shimcha mablag‘lari sifatida shakllandi.

Shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan Qorqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklarining tegishli qaror (farmoyish) lari bilan turli tadbirlarni moliyalashtirish uchun 1,368 trln so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.

Xususan, mahalliy byudjetlarning erkin qoldiq, musodara, xususiylashtirish va er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarga mablag‘ ajratildi:

  • «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining 2019 yil ijrosidagi qarzdorliklari uchun — 193,0 mlrd so‘m;
  • hudud ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Dasturlariga — 523,3 mlrd so‘m;
  • hududlarni obodonlashtirish xarajatlariga- 101,8 mlrd so‘m
  • harbiy-ma’muriy sektor jamg‘armasiga- 64,6 mlrd so‘m
  • Byudjet tashkilotlarinining xo‘jalik xarajatlari va moddiy bazasini mustahkamlash uchun -114,5 mlrd so‘m yo‘naltirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 445-sonli qarori bilan moliya va soliq idoralari o‘zaro hamkorlik qilishi belgilab qo‘yilgan. Uning ijrosini ta’minlash maqsadida moliya va soliq idoralari hamkorligida o‘tkazilgan monitoring va o‘rganishlar natijasida 2020 yil 1 aprel holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetiga jami 125,9 mlrd so‘mlik qo‘shimcha daromadlar jalb qilindi. Jumladan:

  • jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 40 446 ta turar va noturar-joy ob’ektlari xatlovdan o‘tkazish natijasida 9,9 mlrd so‘m;
  • 44,544 ta jismoniy shaxslarning yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish natijasida 12,9 mlrd so‘m;
  • davlat ro‘yxatdan o‘tmasdan yakka tartibda faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha 22 457 ta holat aniqlanib, 40,8 mlrd so‘m;
  • umumiy ovqatlanish korxonalarida o‘rganishlar o‘tkazilishi natijasida 1 235 ta holatda ishchi xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomalari
  • boshqa faoliyatlar bo‘yicha tashkil qilingan monitoring, xatlov va o‘rganish davomida jami 15 250 ta holatda 53,1 mlrd so‘m byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga qo‘shimcha daromadlar zaxiralari aniqlangan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Xitoy aholisi Fransiya darajasida qisqarishi mumkin: Iqtisodiyot xavf ostida

Хитойдаги депопуляция (аҳоли сонининг камайиши) кўлами 60 миллион кишига етиши мумкин.

Angliya Kubogi finali: «Uembli»da «Manchester Siti» va «Chelsi» to‘qnashuvi

Англия Кубогининг 2025/26 йилги мавсуми финалида «Манчестер Сити» ва «Челси» жамоалари ўзаро тўқнаш келишади.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor!

Бугун, 2 май куни Зарафшон–Фасфарит автомобиль йўлида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Xitoy AQSh sanksiyalarini bajarishdan bosh tortdi

Тегишли қарор Хитой Тижорат вазирлиги томонидан эълон қилинди.

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Дунёнинг энг яккаланган мамлакатларидан бири ҳисобланган Туркманистонда сўнгги пайтларда сезиларли ўзгаришлар кузатилди.

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Ушбу огоҳлантириш Доналд Трампнинг Теҳрон томонидан воситачи Покистон орқали тақдим этилган янги тинчлик таклифидан қаноатланмагани ҳақидаги сўзларидан кейин пайдо бўлди

Beshariqda 90 dan ortiq xonadonni suv bosdi

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Navoiyda oltin va ma’danli toshlarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Avstriyada bolalar ozuqasiga kalamush zahrini qo‘shib qo‘ygan shaxs qo‘lga olindi

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.