Koronavirus: Rossiya kechikdimi?

Koronavirus: Rossiya kechikdimi?

Rossiyada koronavirus bo‘yicha ahvol og‘irlashmoqda. Hozirgi kunda virus Federasiyaning 26 hududi bo‘ylab keng tarqalgan holda umumiy hisobda kasallanganlar 1530 nafardan oshib ketdi. Bu haqda "azon.uz" yozmoqda.

Kuzatuvchilarning fikricha epidemiya rivoji bo‘yicha ruslar virusning o‘chog‘iga aylangan Yevropadan 7-10 kun orqada. Ular chegaralarni nisbatan kech yopgani, qat’iy karantin choralari kechiktirilayotgani o‘sish suratini yanada tezlashtiradi. Rossiyada ahvolning og‘irlashishi bizga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba beradi. Ayni damda turli manbalarda keltirilishicha Rossiyada 3 milliondan 4 milliongacha O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mavjud. 

O‘zbekistonning virusga qarshi kurashda namoyish etgan tezkor reaksiyasi va ko‘rayotgan choralari esa chet elda yuqori baholanmoqda. Buyog‘i endi aholidan fuqarolik mas’uliyati talab etiladi. Kuch ishlatar tizim vakillari O‘zbekistonda nisbatan ancha ko‘pligini xisobga olsak, karantin choralari qat’iy taminlanishi osonroq kechishi kutilmoqda. Yo‘qsa organ xodimlarining bunday ulkan miqdorining mantiqiy zarurati yaqin kelajakda gumon ostiga qolishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!