Koronavirus: Afg‘onistonda virusga chalinganlar soni 19 551 nafarga yetdi

Koronavirus: Afg‘onistonda virusga chalinganlar soni 19 551 nafarga yetdi

Afg‘onistonda 6 iyun holatiga ko‘ra, yana 582 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 19 551 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka ichida 18 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 327 kishiga yetdi.

Hozirga qadar 1,8 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!