Koreyada koronavirus avj olmoqda

Koreyada koronavirus avj olmoqda

Janubiy Koreyada koronavirus tufayli kasalxonalarga murojaat qilganlar soni so‘nggi to‘rt hafta ichida olti baravar oshdi.

Yonhap agentligi Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, avgust oyining birinchi haftasida Covid-19 tufayli kasalxonalarga 861 kishi yotqizilgan.

Koronavirus bilan kasallanish darajasi joriy yilning fevral oyidan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Yuqtirganlar sonining ko‘payishiga qaramay, bemorlarning 90 foizdan ortig‘i kasallikni yengil o‘tkazgan.

Rasmiylar 65 yoshdan oshgan kishilarni Covid-19'ga qarshi emlash jarayoni oktyabr oyida davom etishini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!