Kollej yigitlarga shortik kiyishni taqiqladi, ular esa yubkada kelishdi

Kollej yigitlarga shortik kiyishni taqiqladi, ular esa yubkada kelishdi

Minsk kollejida o‘g‘il bolalarga issiq havoda shortikda yurishlarini taqiqlab qo‘ydi, ammo bu shovvozlar isib ketmaslikning yo‘lini topishdi, deya xabar berdi “belnovosti.by”.

Issiq ob-havo boshlanganda kollej ma’muriyati o‘g‘il bolalarning shortik kiyishini taqiqlab qo‘ygan, ba’zida esa shimlardan ham ayb topishgan.  Shortik kiyib kelgan o‘quvchilar uyiga qaytarib yuborilgan va qoldirilgan darslar uchun jarima to‘lattirilgan.

Natijada bir kuni taqiqqa “qarshi chiqmagan” holda  bolalar kollejga yubkalarda kelishgan, deyiladi xabarda.

Kollej ma’muriyati esa bu ma’lumotga hali hech qanday izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!