Koinotda ilk mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda

Koinotda ilk mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda

AQShning Orion Span xususiy kompaniyasi koinotda ilk lyuks mehmonxona qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Vesti nashri.

Mazkur mehmonxona Yer sayyorasidan 320 kilometr uzoqlikda joylashadi. U Aurora Station orbital majmuasining modullaridan biri bo‘ladi. Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, koinotga sayohat 12 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, bu vaqt mobaynida mehmonxonada turish har bir kishi uchun 9,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mijozlarga vaznsizlik, Yerni fazodan kuzatish va ayrim ilmiy tajribalarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!