Kiprda koronavirusga chalingan sayyohlar bepul davolanadi

Kiprda koronavirusga chalingan sayyohlar bepul davolanadi

Kipr hukumati Kiprda hordiq chiqarish vaqtida koronavirusga chalinib qolgan sayyohlarning davolanishini to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.

Hukumat koronavirusga chalingan sayyohlar va ularning oila a’zolarining oziq-ovqat va dori-darmon xarajatlarini to‘lab beradi. Biroq sayyohlarning transport xizmati va uylariga qaytishlari xarajatlari bunga kirmaydi.

Xorijliklar bir vaqtda 100 bemorni qabul qila oladigan va 200 ta sun’iy nafas berish qurilmasi bilan jihozlangan maxsus shifoxonada davolanadilar. Bu vaqtda ularning oila a’zolari va ular bilan muloqot qilgan boshqa kishilar 500 xonaga mo‘ljallangan “karantin mehmonxonasida” yashashlari mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!