Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Alisher Uzoqovning xorijga ketayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Uzoqov boshlovchilik qilayotgan «Kim ekan?» shou-dasturi ham to‘xtatilayotgani ma’lum bo‘ldi. «Daryo» muxbiri Nargiza Murodova gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi..
«Zirapcha», «Men va sen» realiti-shoulari, «Qadam» va «Meni asra» kabi seriallari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan rejissyor Baxtiyor Safarov «Kim ekan?» loyihasining ham asoschisi hisoblanadi. Xo‘sh, u oxirgi uch oy ichida yurtimiz telekanallari orasida eng yuqori reytingni egallagan ko‘rsatuvining to‘xtatilishiga qanday munosabat bildiradi?
— Shu kungacha suratga olgan ko‘rsatuvlarimning barini ma’lum tanaffuslar bilan efirga berganman. Tomoshabin «to‘yib qolsa» undan kamchilik izlashni yoki e’tibor bermaslikni boshlaydi. Shu bois avvaldan «Kim ekan?» loyihasini ham uzoq vaqt davom etishini rejalashtirmaganman. Alisher aka safarga ketadigan bo‘ldi va ishtirokchilar bilan bog‘liq muammolarga uchray boshladik.
Tan olish kerak, keyingi paytlarda o‘zbek san’atida jon berib ijod qilayotgan ijodkorlar uzog‘i bilan 20 tani tashkil etadi. Deyarli xit bo‘ladigan qo‘shiqlar ham juda kam. Shu bois kamida 20 yil avval ijod qilgan, qo‘shiqlari va xatti-harakatlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan ijodkorlarning hammasi ham bunday loyihalarda ishtirok etishni istashmaydi. Chunki ularning ko‘pchiligi quda-andali, oila boshi bo‘lgani uchun yoshlarbop loyihalar bachkanadek tuyulishi mumkin. Shu kungacha 15 ta ko‘rsatuv suratga olgan bo‘lsak, ularda jami 90 ta san’atkor niqob ostida chiqish qilishdi. Oxirgi ko‘rsatuvlarda «Qaysi san’atkorni taklif etmadik?» deb o‘ylanib qoldik. Yosh ijodkorlar ko‘p, ammo hakamlar hay’ati 4-5 yil ijod qilgan xonandalarni ham tanishmadi.
Aktyor Alisher Uzoqov ko‘rsatuvga boshqa boshlovchi taklif etilsa, qarshi bo‘lmasligini aytdi. Rejissyor Uzoqovning o‘rniga kim bilan hamkorlik qilishi mumkin?
— Buni hayolimga ham keltirmayman. Chunki boshlovchining o‘zgarishi ko‘rsatuv reytingiga hech qachon ijobiy ta’sir etmaydi. Har bitta ko‘rsatuvning o‘z yuzi bo‘lishi kerak. «Zirapcha» ko‘rsatuvi suratga olinayotganda Rayhon Ulasenova Turkiyaga ijodiy safar bilan ketadigan bo‘ldi. Shunda vaqtinchalik boshlovchini o‘zgartirishni ham taklif qilishdi. Ammo men Rayhon Ulasenova O‘zbekistonga qaytishini kutdim. «Kim ekan?» ko‘rsatuvini Alisher Uzoqov qaytgachgina suratga olamiz, agar rejalar o‘zgarsa, ko‘rsatuvga qayta murojaat etmayman. Ya’ni u bu shaklda suratga olinmaydi.
Boshqa xususiy telekanallarda ham «Kim ekan?» shaklidagi ko‘rsatuvlar «(O‘g‘irlangan niqob» va «Parda ortida») namoyish etilyapti. Bu shunchaki tasodifmi yoki ijodkorlar bir-biridan ilhomlanishganmi?
— Aslida bu original g‘oya emas. Niqob bilan bog‘liq ko‘rsatuvlar xorijning 40 dan ziyod davlatlarida namoyish etilgan. Bu loyihani telekanallarimizda efirga berishni yanvar oyida niyat qilgandim. Sahna dekorasiyalariga buyurtma bergach, boshqa telekanalda ham shunga o‘xshash loyiha haqida e’lon berilayotganini eshitdik. Afsuski, u paytda bizning kanal ham, ular ham ortga qaytolmasdi. Shu bois shaklan bir-biriga o‘xshash loyiha deyarli bir vaqtda efirga ketdi. Ammo hammasining o‘ziga yarasha kuzatuvchisi bor, — deydi rejissyor Baxtiyor Safarov.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.