Kim Chen In AQSh rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanini aytdi

Kim Chen In AQSh rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanini aytdi

Koreya Ishchilar partiyasining 8-qurultoyida KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSh rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanligini aytdi. Bu haqda 9 yanvar kuni Koreyaning Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezidenti kim bo‘lishidan qat’i nazar, rasmiy Vashingtonning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Uning ta’kidlashicha, «dushmanlik siyosatidan» uzoqlashish ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, u rasmiy Pxenyan o‘z yadroviy qurolini rivojlantirishda davom etishi kerakligini ta’kidladi, ammo KXDR yadro qurolini faqat dushman kuchlari unga birinchi bo‘lib hujum qilgan taqdirdagina ishlatishini aytib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!