Kiyevning hujumini uning suveren qarori - Metyu Miller

Kiyevning hujumini uning suveren qarori - Metyu Miller

Qo‘shma Shtatlar Kursk viloyatidagi harbiy amaliyotlar bo‘yicha Ukraina bilan aloqada va Kiyevning hujumini uning suveren qarori deb biladi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Miller fikr bildirdi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qo‘shma Shtatlarni Kursk viloyatida harbiy amaliyot o‘tkazish niyati haqida oldindan xabardor qilmagan, ammo Vashington buni "hayratlanarli" deb hisoblamaydi.

"Ukrainaning Kursk viloyatidagi harakatlari AQShning Kiyevga yetkazib berilayotgan Amerika qurollaridan foydalanishga qo‘ygan cheklovlarini buzmaydi", — deya qo‘shimcha qildi AQSh Davlat departamenti vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!