Kelayotgan oylar Ukraina uchun juda qiyin bo‘ladi - Budanov

Kelayotgan oylar Ukraina uchun juda qiyin bo‘ladi - Budanov

May oyining o‘rtalaridan iyun oyining boshigacha Ukraina ancha qiyin vaziyatga duch keladi.

Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov BBC'ga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Report”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat frontga yoki ichki siyosiy vaziyatga, balki hamma narsaga bog‘liq:

“Bizning baholashimizga ko‘ra, yaqin kelajakda ancha qiyin vaziyat yuzaga keladi. Ammo bu fojiali bo‘lmaydi. Rossiya kompleks choralarga murojaat qiladi. Bu may oyining o‘rtalaridan iyun oyining boshiga qadar sodir bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush 2022 yilning 24 fevralida boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!