Kecha yarim tunda Gulistondagi taksi haydovchisi "loy ko‘chaga" kirmasdan, mijozni yarim yo‘lda tashlab ketgan...

Kecha yarim tunda Gulistondagi taksi haydovchisi "loy ko‘chaga" kirmasdan, mijozni yarim yo‘lda tashlab ketgan...

Faol kuzatuvchilarimizdan kelib tushgan navbatdagi murojaat, Guliston shahridagi taksi xizmatlari faoliyatiga doir, deb yozadi "Sirdaryo xabarlari" kanali.

Ismi va telefon raqamlari bizga ma’lum bo‘lgan kuzatuvchimizning ta’kidlashicha, bugun 25 noyabr kuni yarim kechasi (taxminan soat 01:00 larda) Guliston shahrida taksi xizmatidan foydalanadi va yarim kechasi (qahraton sovuqda) mijozni taksi haydovchisi yarim yo‘lda (taksi haydovchisi loy ko‘chaga kirmasligini aytgan) tashlab ketadi.

Murojaatchining ismi, telefon raqami va operator bilan bo‘lib o‘tgan audio suhbati bizga ma’lum

Murojaatchi o‘zining haq-huquqlarini talab qilib, operator bilan suhbatlashishga uringan, ammo ular bilan bog‘lanishda ham muammolar yuzaga kelgan. Nihoyat operator bilan bog‘langanida, o‘zaro suhbatlarini yozib olgan (murojaatchining ismi, telefon raqami va operator bilan bo‘lib o‘tgan audio suhbati bizga ma’lum).

Bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo‘lganligi, oldimizda qish havosining izg‘irinli kunlari eshik qoqib turganligi sababli, viloyat Transport va Monopoliya boshqarmalaridan ushbu murojaatni tegishli tartibda jiddiy o‘rganib chiqishlarini so‘rab qolgan bo‘lar edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!