Karantin va ijod: Yaponiya bosh vaziridan uyda qolishga chorlovchi klip (+video)

Karantin va ijod:  Yaponiya bosh vaziridan uyda qolishga chorlovchi klip (+video)

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe "Twitter"dagi sahifasida odamni uyda qolishga chorlovchi musiqali klip joylashtirdi.

Rolik lavhalarida siyosatchining uy sharoitida qanday faoliyat yuritayotgani, nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Xususan, videoda bosh vazir itini parvarishlaydi, choy yoki qahva ichadi, kitob o‘qiydi, televizor ko‘radi. 

Klipning ikkinchi yarmida taniqli yapon qo‘shiqchisi  Gen Xosino o‘z xonadonida Uchi de odorou («Uyda raqs tushamiz») qo‘shig‘ini kuylaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada 5 apreldan favqulodda holat e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!