Kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillari aniqlandi

A A A
Kambag‘allikni qisqartirishning muhim omillari aniqlandi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2023-yilda aholining kambag‘allik darajasi va unga ta’sir etgan omillarni tahlil qildi.

Ma’lumot uchun: tahlil jarayonida O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Statistika agentligi ma’lumotlaridan foydalanildi.

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkich 14,1 foizdan 11,0 foizgacha pasaydi. Bunday natijaga erishilishiga bir qator omillar ta’sir etgan.

Asosiy omillar sifatida quyidagilarni qayd etish lozim:
➖ 2023-yilda mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishildi va u 2022-yildagiga nisbatan 6,0 foizni tashkil etdi. Bu davrda inflyasiya darajasining oshishi nisbatan sekinlashdi (12,3 foizdan 8,8 foizgacha). Shundan kelib chiqib, aholining eng muhim oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan xarid qobiliyati oshishiga erishildi;
➖ aholining umumiy daromadlari 2023-yilda 2022-yildagiga nisbatan 115,0 foizga oshdi. Aholining umumiy daromadida mehnatdan olinadigan daromadlarning 61,6 foizdan 64,0 foizga o‘sishi ham aholi kambag‘allik darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatdi;
➖ tahlil davrida o‘rtacha oylik ish haqi sezilarli darajada, ya’ni 2022-yildagiga nisbatan 117,2 foizga oshib, 4 551,4 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu tendensiyani deyarli barcha hududlarda va sohalarda kuzatish mumkin. 2023-yilning 1-mayidan boshlab, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 920 ming so‘mdan 980 ming so‘mga, 1-dekabrdan boshlab esa 1 050 ming so‘mga oshirildi. Umuman olganda, o‘tgan yil mobaynida ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarning miqdori jami 14,0 foizga oshdi.

Kambag‘allikni qisqartirishga bevosita ta’sir etgan omillar quyidagilardan iborat:
➖ kambag‘allikni qisqartirishdagi eng muhim omil bu aholi bandlik darajasini oshirish, ishsizlikni qisqartirishdir. Shu nuqtai nazardan, 2023-yilda 4,1 mln. kishining bandligi ta’minlandi. Buning 2,3 mln. nafari doimiy va mavsumiy ishlarga, 112,8 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 1,6 mln. nafari esa o‘zini o‘zi band qilish hisobiga ish bilan ta’minlandi;
➖ “20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 6 745 ta tadbirkorlik sub’ekti bilan 455,0 ming kishining bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi;
➖ 472 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihasiga 10 trln. so‘m imtiyozli kredit va 73 ming nafar ishsiz fuqaroga 356 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi;
➖ kambag‘allikni qisqartirish maqsadida mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari tavsiyasi bilan 241,3 ming nafar fuqaroga qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun ijara asosida yer maydonlari ajratildi;
➖ kambag‘al oilalarda yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishga e’tibor yanada kuchaytirildi. Jumladan, o‘tgan yilda 181 ming nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi va 183,8 mingta yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etildi;

“O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq, 2024-yilda kambag‘allik darajasini 10,0 foizgacha tushirish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh harbiy yig‘ilish punktiga hujum qildi

Видеолавҳани ижтимоий тармоқларда ИИҚК Аэрокосмик кучлари қўмондони Мажид Мусавий жойлаштирган.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.