Kamala Harris BAAga boradi

Kamala Harris BAAga boradi

TASSning xabar berishicha, AQSh vise-prezidenti Kamala Harris 16 may kuni Abu-Dabiga tashrif buyuradi va BAAning yangi prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Xabarga ko‘ra, AQSh vise-prezidenti Amerika delegasiyasiga boshchilik qiladi va Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafoti munosabati bilan "Bayden va Harris ma’muriyati hamda amerika xalqi nomidan" ta’ziya bildiradi.

Harris Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvida "mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining mustahkamligini ta’kidlaydi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!