Kafeda karantinni buzgan prezident endi jarima to‘laydi

Kafeda karantinni buzgan prezident endi jarima to‘laydi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xmelnis shahridagi kafelardan birida qahva ichib karantinni buzgan bo‘lsa jarima to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, garchi mamlakatda koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan cheklovlar hamon amalda bo‘lsa ham 3 iyun kuni Zelenskiy kafega kirib, u yerda qahva ichgan. Hozircha esa mijozlarni ushbu muassasalarda faqat yozgi maydonlarga joylashtirishga ruxsat berilgan. Mamlakatda kafe va restoranlar normal ish rejimiga faqat 5 iyundan boshlab qaytadi.

"Agar biror narsani buzgan bo‘lsam, jarimani to‘lashga tayyorman", dedi Zelenskiy matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, mamlakatning bosh sanitari Viktor Lyashko Zelenskiyning kafeda ko‘rinishi karanti choralarini buzish emasligini ta’kidladi, rahbarning xatti-harakatini esa karantin choralarining bekor qilinishidan oldingi tekshirish sifatida ko‘rish mumkin ekan.

“Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlari davlat rahbari tomonidan mumkin bo‘lgan qonunbuzarlikni tekshirishga va’da berdi”, deydi Ukraina Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Anton Gerashenko.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!