JSST: To‘rt haftada koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 57 foizga kamaydi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, shu yil 13 fevraldan 12 martgacha Yer yuzida 4 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 28 ming nafari xastalik tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
📊 Tahlillarning ko‘rsatishicha, ushbu davrda dunyo bo‘yicha undan avvalgi to‘rt haftaga nisbatan bemorlar soni 40 foiz, o‘lim holatlari esa 57 foizga kamaygan.
📌 Eng ko‘p kasallanish qayd etilgan davlatlar:
🇺🇸 AQSh – 920 ming,
🇯🇵 Yaponiya – 381 ming,
🇨🇳 Xitoy – 370 ming,
🇷🇺 Rossiya – 350 ming,
🇩🇪 Germaniya – 338 ming nafar.
📌 Eng ko‘p bemorlar o‘limi ro‘yxatga olingan mamlakatlar:
🇺🇸 AQSh – 9303,
🇯🇵 Yaponiya — 2598,
🇬🇧 Buyuk Britaniya — 2217,
🇧🇷 Braziliya —1648,
🇨🇳 Xitoy — 1586 nafar.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus joriy yil COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, mutaxassislar xastalikni to‘liq jilovlash uchun sayyoramiz aholisining katta qismi to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishi kerak, degan xulosada.