Jizzaxda OITSga chalinganini bila turib, boshqa erkaklar bilan jinsiy aloqa qilgan ayolga hukm o‘qildi

Jizzaxda OITSga chalinganini bila turib, boshqa erkaklar bilan jinsiy aloqa qilgan ayolga hukm o‘qildi

Svetlana Ivanova (Ismi sharifi o‘zgartirilgan) 2018 yil 6 yanvardan buyon Jizzax viloyat OITSga qarshi kurash dispanseri nazorati ostida turib, boshqa shaxsni OIV kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirmaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada, 2022 yil may oyi oxirlarida Sharof Rashidov tumani, Qaxramon mahallasida joylashgan gaz quyish shaxobchasining orqa tomonida Qayumov Qilich va Xasanov Xolbo‘talar bilan himoya vositasisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ularga o‘zining OIV/OITS kasalligini yuqtirganligi haqida ma’lum qilmasdan, bila turib, ushbu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirib, jinsiy aloqada bo‘lgan.

Bundan tashqari, S.Ivanova 2022 yil iyun oyi boshlarida Sharof Rashidov tumani, Toshkentlik mahallasi hududidagi dala yer maydonlarida Qayumov Qilich bilan himoya vositasisiz jinsiy aloqada bo‘lib, unga o‘zining OIV/OITS kasalligini yuqtirganligi haqida ma’lum qilmasdan, bila turib, ushbu kasallikni yuqtirish xavfi ostida qoldirib, jinsiy aloqada bo‘lgan.

Sud majlisida S.Ivanova o‘z aybiga iqrorlik bildirmasada, uning aybi jabrlanuvchilar, guvohlarlarning ko‘rsatuvlari, shuningdek, jinoyat ishda mavjud jinoyat ishidagi S.Ivanovaga JKning
113-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi tushuntirilganligi haqidagi ma’lumotnoma, S.Ivanovada o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv va tekshiruvlar xulosasi, jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining 2022 yil 29 iyundagi S.Ivanovani MJtKning 190-moddasi bilan huquqbuzar deb topilganligi haqidagi qaror nusxasi, so‘roq bayonnomalari, tushuntirish xatlari, yuzlashtirish bayonnomalari hamda jinoyat ishida to‘plangan va baholangan boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Sud hukm qildi

S.Ivanovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan JKning 57-moddasi qo‘llanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.

Zokir Xudayberdiyev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!