Joriy yilning 26 yanvar kuni G‘allaorol tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro hududdagi tog‘dan noqonuniy ravishda oltinli rudani qazishga kirishadi. Mazkur jarayonda ularni tosh bosib qolgan. Bu xaqda Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 26 yanvar kuni «Buloqboshi» qishloq fuqarolar yig‘ini Avliyo qishlog‘ida yashagan to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7-8 km uzoqlikda joylashgan tog‘ bag‘riga 12-15 metr qazib kirib ruda olishmoqchi bo‘lishgan. Qazish paytida fuqarolarni tosh bosib qolgan.
Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro chuqurdan chiqa olmasdan vafot etgan. Qolgan 2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.