Jizzaxda maktab ta’miri uchun pul bermagan oltinchi sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishga urindi. O‘qituvchi aybdormi?

Jizzaxda maktab ta’miri uchun pul bermagan oltinchi sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishga urindi. O‘qituvchi aybdormi?

Joriy yilning iyun oyida Jizzax viloyat Zomin tumani Dashtobod shahridagi 50-maktabning 6-sinf o‘quvchisi E.S. onasining ma’lum qilishicha, o‘z joniga qasd qilishga uringan. Ayolning aytishicha, uning qizi sinf rahbari sinfdoshlaridan ajratib yakkalab qo‘yganidan keyin shunday yo‘l tutishga qaror qilgan, deb yozmoqda centralasian.org.

Oltinchi sinf o‘quvchisi E.S. ko‘plab uxlatadigan tabletkalarni ichib o‘z joniga qasd qilishga uringan. Bu haqda o‘quvchining onasi 48 yoshli SH.X. ma’lum qilgan. Ayol voqeadan biroz oldin uni uydan mahalliy milisiya idoralariga olib ketishganini aytdi.

- Qizim o‘qiydigan maktabning rahbariyati men ularning farzandlari g‘ayotini xavfga qo‘yganim haqida tuxmatdan iborat ariza yozishgan ekan... Uyga qaytganimda farzandlarim hali uyg‘oq edi. Shu kecha qizim meni aynan u sabab qamab qo‘yishgan deb o‘ylagan va mening uxlatadigan dorimdan 5-6 tabletkani ichib yuborgan. Ertalab stolda bo‘sh uyqu tabletkalari idishini ko‘rdim va qo‘rqib ketdim. Qizimning xonasiga yugurib bordim u o‘z krovatida yotar, og‘izlari qiyshaygan, ko‘zlarining oqi ko‘rinib turardi. Qo‘shnining mashinasida kasalxonaga olib bordik. U yerda qizimning oshqozonini yuvishdi, bir haftacha shifoxonada davolandi, deydi o‘quvchining onasi.

Ayol voqeada qizining sinf rahbari Ra’no Qodirovani ayblamoqda. Onaning aytishicha, sinfni ta’mirlash uchun pul berishdan bosh tortgani uchun o‘qituvchi qiziga bosim o‘tkaza boshlagan. 

E.S. o‘qiydigan 50-maktabning psixologi o‘z joniga qasd qilishga uringan qizning onasi aytgan gaplarni tasdiqladi. U, shuningdek, 50-maktab rahbariyati bu o‘quvchi qizning 3 oy davomida maktabga kelmagani haqida psixologga xabar bermagan. 

50-maktab o‘qituvchisi Ra’no Qodirova o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni rad etib, o‘quvchisining joniga qasd qilishida o‘zining hech qanday aybi yo‘qligini aytmoqda. 

Tuman xalq ta’limi bo‘limidan xabar qilishlaricha, oltinchi sinf o‘quvchisining o‘z joniga qasd qilishga urinishi voqeasi yuzasidan maktab ma’muriyati va o‘qituvchilarga tegishli jazo choralari ko‘rilgan. 
ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!