Jizzaxda tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi

Jizzaxda tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi

Jizzax viloyatida «Dolzarb - 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi.


Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!