Jirkanch jinoyat! Ota o‘z qizining nomusiga tegib, qochib ketdi

Jirkanch jinoyat! Ota o‘z qizining nomusiga tegib, qochib ketdi

Vladimirda yashovchi 47 yashar erkak o‘smir qizini zo‘rladi va mas’uliyatdan qo‘rqib, o‘rmonga qochib ketdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasining ushbu hududdagi kengashi xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, voqea 8 avgust kuni ertalab sodir bo‘lgan. Ota o‘smir qizining nomusiga tekkan. Bunga chidolmagan qiz esa bo‘lgan voqea haqida qo‘shnilariga aytib bergan. Mas’uliyatdan qo‘rqqan ota o‘rmonga yashirinib olgan. Keyinchalik uni shu yerda qo‘lga olishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi 4 farzandni bir o‘zi tarbiya qilgan. Ona esa sud tomonidan onalik huquqidan mahrum qilingan ekan. Barcha qo‘shnilar gumondorga faqat ijobiy fikrlar bildirishgan u barcha qiyinchiliklarni o‘z zimmasiga olgan. Shu boisdan atrofdagilar bo‘lgan ishdan shokka tushishgan.

Hozirda erkakka qarshi jinoiy ish ochilgan, qiziga esa psixologik yordam ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!