Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Jenevada O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni paytda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 2 kun davomida bo‘lib o‘tadigan mazkur yig‘ilishda respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqiladi.

Bungacha bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, 14 mart kuni bosh vazir o‘rinbosari JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokaralar o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!