JCH-2026. Saralash. Kambek! O‘zbekiston Eron bilan jangovar durang qayd etdi

JCH-2026. Saralash. Kambek! O‘zbekiston Eron bilan jangovar durang qayd etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 21 noyabr, seshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Ramin Rizoyan Eronni hisobda oldinga olib chiqdi. 38-daqiqada Mehdi Taremi uchrashuvdagi hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Birinchi bo‘lim Eron foydasiga hal bo‘ldi.

Reklamani yopish
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston jonlandi. 52-daqiqada Shomurodovning uzatmasini Oston O‘runov golga aylantirib, hisobni qisqartirdi. 83-daqiqada esa endigina maydonga tushgan Igor Sergeev muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!