Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum sanasini belgiladi

Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun referendum sanasini belgiladi

Janubiy Osetiyaning amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov respublikaning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha referendumni 17 iyulga belgiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident saytida e’lon qilingan xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari ushbu qarorni Janubiy Osetiya xalqining Rossiya bilan birlashishga bo‘lgan tarixiy istagidan kelib chiqqan holda va Janubiy Osetiya konstitusiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qabul qilgan.

“Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyaning birlashishini qo‘llab-quvvatlaysizmi?” degan savol bo‘yicha Janubiy Osetiya Respublikasi referendumi tayinlansin. Referendum o‘tkazish sanasini 2022 yil 17 iyulga belgilansin”, — deyiladi farmonda.

May oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan prezident Alan Gagloyevning inaugurasiyasi 21 maydan keyin bo‘lib o‘tadi. Avvalroq u “vaqt kelishi bilan Janubiy Osetiya Rossiya Federasiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazishga tayyor bo‘lishini” ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Moskva 2008 yil 26 avgustda Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi. O‘sha oy boshida Rossiya Janubiy Osetiyani Tbilisi hukmronligiga qaytarishga uringan Gruziya armiyasidan himoyaga keldi. O‘shandan beri Rossiya rahbariyati har ikki respublikaning tan olinishi hukmron voqelikni aks ettiradi va qayta ko‘rib chiqilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!