Janubiy Koreyada jazirama tufayli 108 kishi shifoxonaga yetkazildi

Janubiy Koreyaning Shimoliy Cholla provinsiyasida 25-Jahon skautlar anjumani ochilish marosimida jazirama tufayli jabrlangan jami 108 kishi shifoxonalarga yetkazildi, deya xabar beradi Yonhap agentligi.
Chorshanba oqshomida «Yoshlar uchun madaniy olimpiada» deb nomlangan global tadbirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yil 158 mamlakatdan 43 000 ga yaqin yosh skautlar mamlakatning janubi-g‘arbiy sohilida bo‘lib o‘tgan tadbirga to‘planishdi.
Tashkiliy qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, jami 108 nafar ishtirokchi jazirama issiqdan jabr ko‘rgan. 31 kishi bosh og‘rig‘i va qorin og‘rig‘i shikoyatlari bilan tibbiy yordamga murojaat qildi. Ikki kishi hali ham tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.
Tashkiliy qo‘mita lager hududidagi bemorlarni parvarish qilish uchun qo‘shimcha tibbiyot xodimlari – 30 nafar shifokor va 60 nafar hamshirani olib kelishini va o‘rin-joylar sonini 220 taga yetkazishini aytdi. Ayni paytda bu yerda 70 ta o‘rin mavjud.
Ma’lum qilinishicha, tadbirning yakuniy qismiga oz vaqt qolganda bir necha kishi hushidan ketgan. O‘t o‘chiruvchilar hodisani to‘xtatishni talab qilishdi.
Keyinchalik tashkiliy qo‘mita vakillari skautlarni g‘ayritabiiy issiqlikdan himoya qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga va’da berishdi.
Provinsiyada issiq havo anjuman oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Shimoliy Cholla provinsiyasining 14 tumani, jumladan, Buanda anomal issiqlik bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilinadi.