Janubiy Koreya «doimiy dushman» - Kim Chen In

Janubiy Koreya «doimiy dushman» - Kim Chen In

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya OAVlarining respublikada suv toshqinlari oqibatida 1,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolganligi haqidagi ma’lumotni rad etib, qo‘shni davlatni «doimiy dushman» deb atadi.

Bu haqda STAK yozmoqda.

«O‘rtoq Kim Chen Inning aytishicha, "doimiy dushman"ning ommaviy axborot vositalari uydirma dezinformasiyalarni tarqatmoqda...», — deya xabar beradi agentlik.

Shimoliy Koreya rahbari, shuningdek, Seul «qiziqarli propaganda» bilan shug‘ullanayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!