Janubiy Koreya aholisining faqat yarmi turmush qurishga tayyor

Janubiy Koreya aholisining faqat yarmi turmush qurishga tayyor

Janubiy Koreya aholisining qariyb yarmi turmush qurishga tayyor, yarmidan kamrog‘i kelajakda farzand ko‘rish niyatida, deb yozadi Kazinform agentligi The Korea Heraldga tayanib.

Prezident huzuridagi Jamiyat va aholi qarishi masalalari qo‘mitasi Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar instituti tomonidan 19 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan 2000 nafar respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 1059 nafar turmush qurmagan respondentlar orasida 51,7 foizi kelajakda turmush qurish niyatini bildirgan.

Turmush qurishga tayyor bo‘lgan respondentlarning eng ko‘p soni 30 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lganlardir.

Ayollarga qaraganda ko‘proq erkaklar turmush qurishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Barcha 2000 respondentdan “farzand ko‘rishni xohlaysizmi”, deb so‘ralganda, eng ko‘p respondent "farzandli bo‘lish niyati yo‘qligini" aytdi.

Respondentlarning 93,9 foizi tug‘ilishning kamayib borayotganini “ijtimoiy muammo” deb javob bergan, ko‘pchilik bunga sabab sifatida “mehnat va bola parvarishini birlashtirishdagi qiyinchilik”ni ko‘rsatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!