Jahongir Ortiqxo‘jayev turklarga: “O‘zbekistonga kirishingiz kerak. Yo siz kirasiz, yo koreyaliklar...”

Jahongir Ortiqxo‘jayev turklarga: “O‘zbekistonga kirishingiz kerak. Yo siz kirasiz, yo koreyaliklar...”

Avvalroq, Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgani haqida xabar bergan edi.

Turk telekanallariga intervyu bergan Jahongir Ortiqxo‘jayev safardan maqsadi haqida shunday deydi:

“O‘zbekiston eshiklari ochiq, xush kelibsiz, deyish uchun Turkiyaga keldim. Safarimiz davomida beshta uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston ayni damda ochiq mamlakat, hamma uchun ochiq bozorimiz bor. Qurilish, kommunikasiya, tibbiyot sohalarida ko‘plab infestision loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud”, deydi hokim.

Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yilning aprel oyida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi davomida u bilan birga Toshkentga kelgan 200 nafar tijorat odamlaridan 10-15 nafari allaqachon O‘zbekistonda o‘z loyihalarini yo‘lga qo‘yganini aytarkan, turkiyalik ishbilarmonlarni O‘zbekistonga taklif qildi. Yo‘qsa, ular o‘rnini koreyalik tadbirkorlar egallashini aytdi:




J.O.: — Bugun O‘zbekistonga kirishingiz kerak. Yo siz kirasiz, yo koreyaliklar kiryapti. Sizning o‘rningizni koreyalik egallayapti. Siz tanlashingiz kerak: yo bugun, yo hech qachon.
Muxbir: — Nega, koreyaliklar kirsa, turklarga joy qolmaydimi?
J.O.: — Qoladi, albatta! Biznesda hammaga joy yetadi. Mening nima demoqchiligimni turk tadbirkorlari tushundilar. Turklar tezlik bilan O‘zbekistonga kirishlarini istayman. Chunki, taomlarimiz bir, odatlarimiz bir, o‘zaro yaxshi til topishamiz. Kuniga 3 marta Toshkent – Istanbul o‘rtasida parvoz amalga oshiriladi. Shuning uchun ham turklar O‘zbekistonga kirishini istayman va Toshkent shahar hokimi sifatida shuni qayd etamanki, mening turklarga hamma vaqt eshigim ochiq. Istagan vaqtlari kelsinlar va biz ularga istalgan shaklda yordam beramiz.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!