Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘arbiy Sohilda 500 dan ortiq falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘arbiy Sohilda 500 dan ortiq falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi

2023 yil 7-oktabrdan beri G‘arbiy Sohilda 521 nafar falastinlik, jumladan 126 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda JSST bayonotida aytiladi.

«G‘azo urushi boshlanganidan beri G‘arbiy Sohilda, jumladan, Sharqiy Quddusda zo‘ravonliklarning kuchayishi 2023 yilning 7-oktabridan 2024 yilning 10 iyuniga qadar 521 falastinlik, jumladan, 126 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.

5,2 mingdan ortiq odam, jumladan, 800 nafar bola jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!