Italiyalik bokschi Anjela Karini jazoirlik raqibasidan uzr so‘radi

Italiyalik bokschi Anjela Karini jazoirlik raqibasidan uzr so‘radi

Italiyalik bokschi qiz Anjela Karini jazoirlik Iman Xelifdan uzr so‘radi.

Ular Parij Olimpiadasining 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash kelishdi. Italiyalik bokschi 1-raundda jangni to‘xtatdi va bahsni davom ettirishni istamagandi.

"Yuz bergan holatdan afsusdaman. Xelif uchun ham afsusdaman. Agar XOQ unga musobaqada qatnashishga ruxsat bergan bo‘lsa, men bu qarorni hurmat qilishim kerak. Qo‘l berib so‘rashishni rad etganim - o‘sha vaziyatda Olimpiadadagi yo‘lim tugaganidan qattiq hafa bo‘ldim.

U va boshqalar oldida uzr so‘ramoqchiman. Xelifga qarshi xech qanday qusumatim yo‘q. Agar biz uchrashib qolsak, uni quchoqlab qo‘yaman", - dedi Anjela Karini.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!