Italiyada A seriya o‘yini oldidan bo‘lib o‘tgan muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuvda 10 nafar polisiya xodimi ham jarohatlandi

Italiyada A seriya o‘yini oldidan bo‘lib o‘tgan muxlislar o‘rtasidagi mushtlashuvda 10 nafar polisiya xodimi ham jarohatlandi

Italiya A Seriyasining 33-turida “Salernitana” “Fiorentina”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Sky Sport Italia nashrining xabariga ko‘ra, o‘yin oldidan “Salernitana” muxlislari “Fiorentina” ishqibozlari bilan mushtlashib ketishini oldini olgan polisiya xodimlari bilan janjallashib ketdi.

“Areki” stadioni yonida bo‘lgan to‘qnashuvda polisiya xodimlari qoidabuzarlarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalangan.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa natijasida 10 nafar polisiya xodimi jarohatlangan, ulardan uch nafari esa shifoxonaga olib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!