Italiya va Tojikiston prezidentlari hamkorlikni muhokama qildi

Italiya va Tojikiston prezidentlari hamkorlikni muhokama qildi

23 aprel, seshanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon italiyalik hamkasbi Serjio Mattarella bilan uchrashdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar yakka tartibda va ikki davlat delegasiyalari ishtirokida Tojikiston va Italiya o‘rtasidagi hamkorlik masalasini muhokama qilgan.

«Biz Italiya Respublikasini Yevropadagi muhim va ishonchli hamkorimiz deb bilamiz», — dedi Rahmon muzokaralar avvalida.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik va siyosiy, iqtisodiy va savdo-sotiq sohalarida aloqalarni kengaytirishning bir qator masalalari, qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Italiyaning, ayniqsa, gidroenergetika, oziq-ovqat, yengil va tog‘-kon sanoati, farmasevtika, tabiiy resurslardan foydalanish va qishloq xo‘jaligi sohalarida to‘plangan boy tajribasidan foydalanish tomonlar uchun ustuvor va samarali deb nomlandi.

Qo‘shma Savdo kengashining tashkil etilishi tomonlarning xususiy sektordagi hamkorligini kengaytirish uchun o‘z vaqtida qo‘yilgan qadam bo‘lishi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarning sayohati sohasida hamkorlikning yangi yo‘llarini izlash, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Bu yo‘nalishda ikki davlat rahbarlari tashrif chog‘ida imzolanadigan diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni muhim qadam sifatida baholadilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!