IT-sohasidagi ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda

A A A
IT-sohasidagi ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda

IT sanoati rivoji mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Har qanday sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun, eng avvalo, yuqori sifatli ta’lim bazasini yaratish muhim. Shu yo‘nalishda mamlakatimizda IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Raqamlik texnologiyalar vazirligi tizimidagi IT oliy ta’lim muassasalari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta filiali, Toshkent shahridagi Inxa va Amiti universitetlari tomonidan 35 dan ortiq mutaxassisliklar bo‘yicha 29 ming nafarga yaqin oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda “EPAM Systems” xalqaro IT-kompaniya bilan hamkorlikda birinchi onlayn shakldagi “IT-Park University” raqamli universiteti faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Ma’lumot uchun: Ushbu universitetga 2022/2023 o‘quv yilida “EPAM Engineering School”, “IT-Park School” ta’lim yo‘nalishlariga 330 nafar talaba qabul qilindi hamda 2024/2025 o‘quv yiliga ularning sonini 1 000 nafarga yetkazish reja qilingan.

Shu bilan birgalikda Qorako‘l IT klasterini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining joriy yil 5 iyuldagi 273-qarori qabul qilindi. Ushbu klasterda 2023/2024 o‘quv yilidan IT yo‘nalish bo‘yicha Buxoro viloyatida Hindiston bilan hamkorlikda Acharya Universiteti tashkil etildi. IT-klaster doirasida masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, ilmiy-tadqiqot markazlari va o‘quv laboratoriyalar, startap loyihalarni rivojlantirish inkubasiya markazi va boshqa ob’ektlar tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: Acharya universiteti har yili 1 440 nafar yigit-qizlarni o‘qishga qabul qiladi, professor-pedagoglarning 70 % xorijdan kelib ta’lim beradi, har yili 100 ta grant kvotalari ajratiladi hamda mahalliy o‘qituvchilar Hindistonda malaka oshirishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 9 maydagi 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni IT sohasida salohiyatini oshirish, shuningdek, IT bilimlarga qiziqtirish maqsadida xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash tizimi joriy etilgan.

Xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash bo‘yicha “IT-istedod” portali ishga tushirildi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali (“my.gov.uz”) orqali arizalarni qabul qilish uchun “Xalqaro IT-sertifikatlarini olish hamda o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish” xizmati joriy etildi.

O‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2022-2023 yillarda jami 2 500 tadan ziyod yoshlar xalqaro IT-sertifikatni olish uchun arizalar topshirgan bo‘lib, Shundan 800 nafardan ortiq yoshlarga mazkur sertifikatlar bo‘yicha 50 foizgacha bo‘lgan xarajatlari qoplab berildi (shundan, 2023 yilda 351 nafar).

Maktablarda IT yo‘nalishiga o‘qitish va iqtidorli yoshlarni saralash bo‘yicha “Muhammad al-Xorazmiy raqamli vorislari” loyihasi joriy etiladi. Bunda, Ay-Ti sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar saralab olinib, darsdan tashqari vaqtda maxsus guruhlarda IT va xorijiy tillarga o‘qitiladi.

Loyiha doirasida 213 ta maktablardan jami 4 mingdan ortiq 7-11-sinf o‘quvchilarga ta’lim beriladi.

Yiliga 800 nafardan ortiq IT va xorijiy til ko‘nikmalariga ega o‘quvchilar yetishib chiqadi.

IT sohadagi o‘quv kurslarda tahsil olayotgan yoki ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 48 ming nafardan ortiq yoshlar kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratildi.

Yoshlar orasida axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtisodiyotning turli sohalarida raqamlashtirishda faol ishtirok etadigan iqtidorli yoshlarni tayyorlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslari tashkil etildi.

Talabgor talabalardan 322 ta onlayn ariza qabul qilindi. Hozirda talabalardan IQ test olish uchun texnik tayyorgarlik ishlari olib orilmoqda.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining AKTga mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan IT sohasidagi malakali kadrlarni rag‘batlantirish va yoshlar orasida mazkur kasbga bo‘lgan e’tibor va qiziqishlarini oshirish maqsadida xalqaro IT sertifikatga ega AKTga mas’ul xodimlariga 20 foiz miqdorda ustamaga to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU bitiruvchilari 100 dan ortiq nufuzli mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan:

1.Axmedjanov Umid, “Amazon” kompaniyasi, software developer engineer;

2.Nodir Nazarov, “Google LLC”, muhandis;

3.Valijon Xalilov, “Center Prime” kompaniyasi, chief information officer;

4.Shaxrom Rustamov, “Zuccotech” kompaniyasi, senior software engineer;

5.Shoxrux Raxmatov, “HYUNDAI MIB” international, machine learning engineer;

6.Ziyotxo‘jayev Akramxo‘ja, “ZTE Invsment” MCHJ, armful mutaxassis;

7.Muratov Sherzod, “eBay”, software engineer;

8. Olimjon Xidoyev, “Analog Devices” kompaniyasi, software engineer;

9.Primov Eldor, “Wonderful Platform” kompaniyasi, Developing computer vision applications;

10.Eshmamatov Obidjon, “Epam systems”, senior software engineer.

Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan berilgan katta bilim va tajriba universitet bitiruvchilariga nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Masalan, bitiruvchilarning 60 foizdan ortig‘i IT-sohasida, 15 foizdan ortig‘i logistika sohasida va 10 foizga yaqini xususiy tadbirkorlardir.

Shunday qilib, bitiruvchilarimiz Microsoft, EPAM Systems, Udevs, Momox, Tesla, Amazon, Tik-Tok, Huawei,TBC bank, Uz Railways, Payme.uz, Uzcard, IT PARK va boshqa ko‘plab kompaniyalarida o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti aholining axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi bilimini oshirish tashabbuslarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 206-son qaroriga muvofiq talabalar uchun raqamli texnologiyalar sohasidagi malakasini oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mirzo-Ulug‘bek jamg‘armasi ko‘magida hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti akademik ko‘magida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv tayyorlov kurslari tashkil etildi. Ushbu dastur uchun imtihonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz Ta’lim Markazi o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan. Shuningdek, TshIU va Uzluksiz ta’lim markazi o‘qituvchilari IELTS imtihonlatiga ham tayyorlaydilar.

Raqamli transformasiya zamonaviy inson hayotini bosqichma-bosqich o‘zgartirmoqda. Bugungi kunda AKTsiz samarali iqtisodiyot, sifatli ta’lim, zamonaviy va innovasion ishlab chiqarish jarayonlarini tasavvur etib bo‘lmaydi.

Bunday sharoitda raqamli rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri bu iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida talab qilinadigan IT-mutaxassislarni tayyorlashdir. Maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim doirasida IT-kadrlarni uzluksiz tayyorlashning kompleks tizimini yaratish bu yo‘nalishdagi birinchi va muhim shartdir.

Shu maqsadda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasini zamon talablari, zamonaviy iqtisodiyot va mehnat bozori asosida tizimli isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida esa mazkur sohada bir qator halqaro OTM va ularning filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va mavjud OTMlar faoliyati takomillashtirildi va ularda perspektiv IT-sohasi kadrlari tahsil olmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Rossiya qozog‘istonliklarni kiritmayapti

Қозоғистонликлар Россияга киришда тобора кўпроқ тақиқ олмоқда. "Адолат йўли" уюшмаси ижрочи директори Дидар Смагулов шундай вазиятга дуч келди.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Rossiyaliklar Sumiga yorib kirdi, shiddatli janglar davom etmoqda

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Ishoning, bizda ham javob tariqasida suratga olishga arzigulik narsalar bor" - Shoygu

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.

Malibu XL sotuvi 1 soatda yakunlandi

UzAuto Motors компанияси 29 май куни соат 14:40 да Сhevrolet Malibu XL автомобили учун контрактация қайта бошланганини маълум қилди.

Putin Yaponiya sobiq bosh vazirining bevasini ko‘z yoshlarga botirdi

Россия президенти Владимир Путин Москвада қотилликка учраган Япония собиқ бош вазири Синдзо Абенинг хотини Акиэ Абе билан учрашди.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Germaniyani ogohlantirdi

Аввалроқ Германия канслери Мерц Киевга етказиб бериладиган қурол-яроғ турларига чекловлар олиб ташланиши ва уларни биргаликда ишлаб чиқаришни молиялаштириш ҳақида маълум қилганди.

Chexiya: Rossiya mag‘lub bo‘lishi shart

Чехия ҳукумати томонидан тасдиқланган янги ташқи сиёсат концепциясига кўра, Прага Европа Иттифоқи ва НАТОнинг ишончли аъзоси бўлиб қолади ҳамда Россиянинг Украинага қарши урушда мағлубиятга учраши зарурлигини тан олади.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

ДХХнинг Сирдарё вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда муҳандис ушбу пул маблағини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Uychi tumani hududida mudhish holat yuz berdi

Улар чинни пиёла-чойнак ишлаб чиқариш корхонасига кетаётган бўлган экан.

AQSh eng kuchli yadro aviabombasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

В61-13 нинг қуввати 360 килотоннага етади. Бу АҚШ ядро қурол-яроғидаги энг кучли жанговар бошқисмлардан бири ҳисобланади.

"Biz Sumi va Xarkov viloyatlarini olamiz"

Россия делегацияси айнан шу сўзларни Истанбулда украиналикларга айтган.

"Odamlar och edi va hamma narsani olib ketishdi"

Кўчирилган фаластинлик эркак Ғазода АҚШ қўллаб-қувватлайдиган янги ёрдам тизими доирасида ёрдам сўраб келган одамларнинг тартибсиз ҳолатини тасвирлаб берди.

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.

Putin yaxshi kayfiyatning sirini oshkor qildi

Россия президенти Владимир Путин яхши жисмоний ҳолат ва ташқи кўринишни сақлаб қолиш сирлари ҳақида гапирди.

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Фарғона вилоятида қасддан танишини қайта-қайта босиб кетиб, ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчига суд ҳукми ўқилди.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, сифати кафолатланмаган ушбу дори воситаларининг умумий қиймати 5 млрд. 353 млн. сўмни ташкил этади.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Germaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashmoqda

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

Narkoz ostida zo‘rlangan bolalar: jarroh 20 yilga qamaldi

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Tramp Netanyahuni ogohlantirdi

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!