ISW: Si Szinpin Moskvada Putin bilan uchrashuvda G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishning mumkin bo‘lgan sxemalarini muhokama qilishi mumkin

ISW: Si Szinpin Moskvada Putin bilan uchrashuvda G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishning mumkin bo‘lgan sxemalarini muhokama qilishi mumkin

Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) o‘zining kundalik hisobotida Xitoy rahbari Si Szinpinning 20-22 mart kunlari Moskvaga tashrifini tahlil qilmoqda. Bundan oldin Kreml Vladimir Putin va Si Szinpin ikki tomonlama hujjatlarni imzolashni va Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi "har tomonlama sheriklik"ning dolzarb masalalarini muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Xulosa ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari rossiyalik sub’ektlarga harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan dron va jihozlar uchun ehtiyot qismlar sotgan. Tahlilchilarning fikricha, Xitoy rahbari Putin va boshqa rossiyalik amaldorlar bilan Rossiyaga Xitoy uskunalarini sotish va yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash uchun sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, ISW ma’lumotlariga ko‘ra, 1 mart kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Si Szinpin Xitoy mahsulotlarini Belarus orqali jo‘natish orqali Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradigan 16 ta kelishuvdan iborat paketni imzolagan.

ISW tahlilchilari, shuningdek, Xitoy rahbarining Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lish ambisiyalari borligiga ishonishadi. ISW'ning ma’lumotlariga ko‘ra, u bu masalada Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni tiklashdagi muvaffaqiyatiga ishora qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!