Iste’molchilar ehtiyojini ta’minlash maqsadida mahalliy, shu bilan birga import hisobidan AI-80 rusumidagi avtobenzin yetkazib berilmoqda

Iste’molchilar ehtiyojini ta’minlash maqsadida mahalliy, shu bilan birga import hisobidan AI-80 rusumidagi avtobenzin yetkazib berilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qaroriga asosan 2023 yilning 1 martiga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llash belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublika aholisiga tegishli yengil avtomobillar soni 3 milliondan oshgan. Ushbu avtomobillarning asosiy qismi siqilgan gazda harakatlanishga moslashtirilgan.

Respublika hududida 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oyida ob-havo harorati keskin sovub ketganlgi hamda avtomobillarga gaz quyish shohobchalari faoliyatiga cheklovlar joriy etilganligi sababli aholini Ai-80 rusumli avtobenziniga bo‘lgan talabi taklifga nisbatan keskin oshishiga sabab bo‘ldi.

Bu esa o‘z navbatida, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shohobchalarida taqchillik hamda tirbandliklarni vujudga keltirdi.

Kuz-qish mavsumida respublika iste’molchilarini uzluksiz va bir maromda avtobenzin bilan ta’minlash, narxlarni keskin o‘sishini oldini olish, bozorda talab va taklif muvozanatini saqlash hamda ichki bozorda tanqislik va talabni vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida sohada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisi ehtiyojlarini sifatli va arzon narxlarda avtobenzin bilan ta’minlash maqsadida, tasarrufdagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulot bilan bir qatorda, tayyor mahsulotlarni import qilish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, joriy yilning yanvar oyida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Rossiyaning “Gazprom” OAJ, “Tatneft” OAJ, “ORSKNEFTEORGSINTEZ” OAJ kabi kompaniyalari bilan 50 ming tonna, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 5,0 ming tonna AI-80 rusumidagi avtobenzini importi bo‘yicha shartnomalar tuzildi va bugungi kunda respublika hududiga yetkazib kelish va ichki bozorga sotish choralari ko‘rilmoqda.

Shuni ta’kidlash lozim, qo‘shni Rossiya, Qozog‘iston, davlatlarida AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lib, faqatgina tadbirkorlar buyurtmasi asosida ishlab chiqarilmoqda va sifati asosan AI-80 K2, K5 rusumli avtobenzin talablariga mos keladi.

Iste’molchilar ehtiyojini ta’minlash maqsadida mahalliy, shu bilan birga import hisobidan AI-80 rusumidagi avtobenzin yetkazib berilmoqda

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahsulotni respublika hududiga temir yo‘l transporti orqali yetkazib berish va boshqa xarajatlarni inobatga olgan holda, tovar xomashyo birjasida sotish uchun qo‘yiladigan boshlang‘ich narxi bir tonnasi uchun 7 084 ming so‘mni, AYOQShlarda iste’molchilarga sotiladigan yakuniy narxi esa bir litri uchun 6 000-6 200 so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun: jamiyat tasarrufidagi “Buxoro NQIZ” MCHJda AI-80 rusumli avtobenzini ishlab chiqarish quvvatlaridan 130-140 foiz (kunlik avtobenzin ishlab chiqarish xajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 750 tonnadan 3 300 tonnaga oshirilgan) darajada foydalanilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!